O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlik faoliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda

2020-01-23 | Jamiyat

“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida 500 ga yaqin tashkilot standartlari (Ts) o‘rniga tegishli quyidagi mahsulotlar uchun 5 ta davlat standartlari (O`z DSt) loyihalari ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatiga olindi:

O’z DSt 3396:2019 Idish-tovoq yuvish uchun vosita. Texnikaviy shartlar – 92 ta tashkilot standarti o‘rniga;

O’z DSt 3397:2019 Qovurilgan pistalar, yong‘oqlar va no‘xat. Texnikaviy shartlar – 145 ta tashkilot standarti o‘rniga;

O’z DSt 3398:2019 Sanitariya-gigienik maqsadlar uchun mo‘ljallangan qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari. Texnikaviy shartlar – 88 ta tashkilot standarti o‘rniga;

O’z DSt 3399:2019 Qurtlar. Texnikaviy shartlar – 92 ta tashkilot standarti o‘rniga;

O’z DSt 3400:2019 Kukunsimon sintetik yuvish vositalari. Texnikaviy shartlar – 112 ta tashkilot standarti o‘rniga.

Shuningdek, Pishloqli dudlangan qalamchalari. Texnikaviy shartlar – 32 ta tashkilotning standarti o‘rniga, Kukunsimon tozalash vositasi. Texnikaviy shartlar – 51 ta tashkilot standarti o‘rniga davlat standartlari ishlab chiqilib, ayni vaqtda agentlik qarori loyihasi tayyorlandi.

Поделиться