O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehribonlik uylariga kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilindi

2020-01-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus ilgarining Uchinchisi - Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Uchinchi tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator hayrli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu hayrli tadbirlardan yana biri bo‘lib o‘tdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 21, 23 va 30-sonli Mehribonlik uylaridagi tarbiyalanuvchi bolajonlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini yanada oshirish, kompyuter savodxonligi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish maqsadida, jami 38 ta 21-sonli Mehribonlik uyiga 27 ta, 23-sonli Mehribonlik uyiga 6 ta, 30-sonli Mehribonlik uyiga 5 ta zamonaviy kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda Vazirlik tizimidagi korxonalar «O‘zbektelekom” AK "TSHTT" filiali va “UZDIGITAL TV”  tomonlaridan futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, obruch, skakalka (sakragich) va boshqa sport anjomlari taqdim etildi.

Sovg‘alarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati nomidan Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Mehribonlik uyi ma’muriyati va bolajonlar mazkur sovg‘alarni ko‘tarinki ruhda, xursandchilik bilan qabul qilib oldilar va Vazirlik rahbariyatiga hamda jamoasiga ko‘rsatilgan hayrli mehr-muruvvat uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Поделиться