O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi

2020-01-23 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni soat 11:00 da Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi.

Ma’lumki, 2019-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Bu muhim siyosiy tadbir mamlakatimiz tarixida ilk bor qabul qilingan Saylov kodeksi asosida, “Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida o‘tdi. 

Saylov natijalariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati va Senatining 97 nafar a’zosini ro‘yxatga oldi, jumladan, Prezidentning 2020-yil 17-yanvardagi farmoni bilan Senat a’zolarining 13 nafari tayinlandi. Shu tariqa, mamlakatimiz qonun chiqaruvchi hokimiyatining yangi tarkibi shakllandi. 

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi ana shu yangi parlamentga taqdim etiladi.

Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, videokonferentsiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy Kengashlarga saylangan xalq noiblari, shuningdek, ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Поделиться