O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tasdiqlandi

2020-01-21 | Siyosat

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan siyosiy partiya tomonidan yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlariga sazovor bo‘lgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi saylovda 53 nafar deputatlik o‘rnini egallagan edi. Partiyaning yaqinda bo‘lib o‘tgan Siyosiy kengashi majlisida Bosh vazir nomzodi ko‘rib chiqildi va Prezidentga taqdim etildi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi.  

Abdulla Aripov qo‘shma majlisda Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi. 

Majlisda so‘zga chiqqanlar Prezident ma’ruzasida bayon etilgan ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda Bosh vazir lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni ma’qulladilar.

Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.  

Поделиться