O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka chipta narxlari arzonlashganini ma'lum qildi

2020-01-21 | Iqtisodiyot

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistondan AQShning Nyu-York shahriga borish va qaytish yo‘nalishda amalga oshiriladigan reyslarning iqtisodiy-klass toifalari chiptalari narxi arzonlashganini e'lon qildi.

Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Uzbekistan Airways 2020-yil 20-yanvar kunidan 2020-yil 30-aprelga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy-klass tariflarini pasaytiradi:
 
  Toshkent—Nyu-York (borish va qaytish)
 
  Samarqand—Nyu-York (borish va qaytish)
 
Bundan tashqari ushbu davr mobaynida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy-klassda amalga oshirilgan parvozlar hisobiga to‘planadigan rag‘batlantiruvchi ballar soni ham oshiriladi.

Поделиться