O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senat majlisida tashkiliy masalalar ko‘rildi

2020-01-20 | Siyosat

Majlis ishtirokchilari Oliy Majlis yuqori palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitusiyasining 93-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni taqdim qildi.
 
Palata a'zolari yashirin ovoz berish yo‘li bilan Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga Tanzila Narbaevani sayladi.
 
Senat Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan Sodiq Safoev saylandi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 86-moddasiga muvofiq Senat Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi. Ushbu normaga asosan Senat Raisining o‘rinbosari lavozimiga  yashirin ovoz berish yo‘li bilan Musa Yerniyazov saylandi.
 
Senat Raisining o‘rinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan Zayniddin Nizamxodjaev ham saylandi.
 
Majlisda senatorlar tomonidan xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari, byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish, mudofaa va xavfsizlik masalalari, fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari, yoshlar, madaniyat va sport masalalari, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitalari, shuningdek Reglament va odob komissiyasi tashkil etildi. 
 
Har bir qo‘mita va komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari va a'zolari saylandi. 
 
Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi. 
 
Bundan tashqari, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi arizasi o‘qib eshittirildi va tegishli qaror qabul qilindi.
 
Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi nihoyasiga yetdi.

Поделиться