O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonlik IT-mutaxassislar Hindistonda malakasini oshirdi
2020-01-20 | Texnologiyalar
Kanpur shahrida (Hindiston Respublikasi) Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining bir guruh xodimlari Hindiston Texnik va Iqtisodiy Hamkorlik Dasturi (ITEC) doirasida “Intermediate cyber security for IT professionals” ( IT-mutaxassislar uchun kiberxavfsizlik) mavzusidagi maxsus kurslarda malakasini oshirib qaytdilar.
O‘quv kurslarida dunyoning turli mamlakatlaridan jami 28 nafar ishtirokchi qatnashdi. Trening ikki formatda - nazariy (ma’ruzalar) va amaliy mashg‘ulotlar tarzida olib borildi.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Ma’lumot uchun : «ITEC» dasturi Hindiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1964 yil 15 sentyabrda yaratilgan va Hindiston hukumati uchun ikki tomonlama yordam dasturidir. Hindistonning Osiyo, Afrika, Sharqiy Evropa, Lotin Amerikasi, Karib dengizida tajriba almashish dasturlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, 309 ta o‘quv kurslarini o‘z ichiga oladi.