O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eng yaxshi innovatsion dars ishlanmasi” koʻrik-tanlovi gʻolibi 1 million soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi
2020-01-20 | Innovatsiya
Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati 2020-yil 20-yanvardan 1-fevralga qadar pedagog xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi innovatsion dars ishlanmasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazadi.
Tanlovda Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat koʻrsatayotgan pedagog xodimlar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin.
Mazkur tanlovda gʻolib deb topilgan pedagog xodimlar homiylar tomonidan 1 million soʻm miqdorida pul mukofoti, tanlovda ishtirok etib, sovrinli oʻrinni egallagan pedagog xodimlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. (FFIDUM pedagog xodimlari uchun alohida, Toshkent shahri umumtaʼlim maktablaridan qatnashgan gʻolib pedagog xodimlar uchun ragʻbatlantirish alohida tashkil etiladi).
Tanlovga roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/iejPjN6Xk1Qu8qEt6
Dars ishlanmasini 2020-yil 1-fevralga qadar ushbu botga: @filolog_bot MS WORD shaklida yuboriladi
Murojaat uchun telefon: (99871) 235-35-72,
web-site: www.xtv-ffidum.uz
e-mail: ffidum.gimnaziya@mail.ru
Rasmiy kanal: t.me//FFIDUM_Y