O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018-2019-yillarda Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligi

2020-01-17 | Fan

2018-yil yakunlari bo‘yicha tayanch doktoranturani 39 nafar tayanch doktorant bitirib, ulardan 8 nafari himoya qildi va 10 nafari himoyaga taqdim etib, 48,7% samaradorlikka erishildi. Doktoranturani 15 nafar doktorant bitirdi, ulardan 5 nafari himoya qildi va 3 nafari himoyaga taqdim etdi, samaradorlik 53,3%. Fanlar akademiyasi bo‘yicha jami 54 nafar doktorant bitirib, 26 tasi himoya qildi va 48% samaradorlikka erishildi (18 ta PhD va 8 ta DSc).

2018-yil yakunlari bo‘yicha mustaqil izlanuvchi tayanch doktorantlardan 22 nafari  bitirib, ulardan 7 nafari himoya qildi va 6 nafari himoyaga taqdim etib, 59% samaradorlikka erishildi. Mustaqil izlanuvchi doktorantlardan 8 nafari bitirdi, ulardan 2 nafari himoya qildi va 3 nafari himoyaga taqdim etgan, samaradorlik 62,5%. Fanlar akademiyasida jami 30 nafar mustaqil izlanuvchi bitirib, 18 nafari himoya qildi va 60% samaradorlikka erishildi (13ta PhD va 5 ta DSc).

Umumiy holatda Fanlar akademiyasida 2018-yilda jami 84 nafar mustaqil izlanuvchi va doktorant bitirdi, ulardan 44 nafari o‘z doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 52,3% samaradorlikka erishildi (31ta PhD va 13 ta DSc).

2019-yil yakunlari bo‘yicha tayanch doktoranturani 35 nafar tayanch doktorant bitirib, ulardan 9 nafari himoya qildi va 11 nafari himoyaga taqdim etib, 57% samaradorlikka erishildi. Doktoranturani 10 nafar doktorant bitirdi, ulardan 1 nafari himoya qilib, samaradorlik 10%. Fanlar akademiyasi bo‘yicha jami 45 nafar doktorant bitirib, 21 nafari himoya qildi va 46,6% samaradorlikka erishildi (20ta PhD va 1 ta DSc).

2019-yil yakunlari bo‘yicha mustaqil izlanuvchi tayanch doktorantlardan 22 nafari  bitirib, ulardan 8 nafari himoya qildi va 6 nafari himoyaga taqdim etib, 63,6% samaradorlikka erishildi. Mustaqil izlanuvchi doktorantlardan 7 nafari bitirdi, ulardan 2 nafari himoya qilib, samaradorlik 28,5%. Fanlar akademiyasida jami 29 nafar mustaqil izlanuvchi bitirib, 16 nafari himoya qildi va 55% samaradorlikka erishildi (14ta PhD va 2 ta DSc).

Umumiy holatda Fanlar akademiyasida 2019-yilda jami 74 nafar mustaqil izlanuvchi va doktorant bitirdi, ulardan 37 nafari o‘z doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 50% samaradorlikka erishildi (34ta PhD va 3 ta DSc).

Поделиться