O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2020-01-17 | Siyosat

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov 15-16-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 16-yanvar kuni Oʻzbekiston va Rossiya tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining doʻstona munosabati muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

Muloqotda boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv soʻnggida Oʻzbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2020-2021-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Yuksak martabali mehmon shu kuni Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali jamoasi bilan ham uchrashdi.

Mazkur oliy oʻquv yurtida tahsil olgan S.Lavrov sermazmun va sharafli yoʻlni bosib oʻtgan taʼlim dargohining sobit anʼanalari Oʻzbekistonda davom etayotganidan gʻoyat mamnunligini izhor qildi.

Bugungi kunda yurtimizda Rossiya Federatsiyasining 8 ta oliy oʻquv yurti filiali ochilgan. Yil sayin rivojlanib borayotgan oʻzaro munosabatlar negizida taʼlim sohasidagi hamkorlikni yuqori choʻqqilarga olib chiqish imkoniyati mavjud.

Sergey Lavrov mazkur filialda oʻqiyotgan talabalar olgan bilim va koʻnikmalaridan foydalanib, kelgusida Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati, jumladan, Rossiya bilan diplomatik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.

Boʻlgʻusi diplomat-talabalar, professor-oʻqituvchilar, OAV xodimlari bilan qizgʻin muloqot qildi, ularning savollariga batafsil javob qaytardi.
 

Gʻ.XONNAZAROV, OʻzA

Поделиться