O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan ishlashning yangi formati muhokama qilindi
2020-01-15 | Jamiyat
Joriy yilning 14-yanvar kuni Toshkent shahri hokimligida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov raisligida yig‘ilish o‘tkazildi, unda investitsiyalar va eksport faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash nuqtai nazaridan davlat tuzilmalari va xususiy sektor o‘rtasidagi o‘zaro manosabatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirkorlar bilan ishlashning yangi tizimi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar administratsiyasini rahbarlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosarlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining mas’ul xodimlari, shu jumladan tumanlar hokimlari, tarkibiy bo‘linmalari va vazirlikning Toshkent shahri bo‘yicha tuman bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.
Avvalo, 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar davomida investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va eksport qiluvchilar bilan ishlashdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etishning istiqbolli mexanizmlari muhokama qilindi. Investorlar va eksport qiluvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish va eksport shartnomalari bo‘yicha har kuni qo‘shma monitoring olib borish bo‘yicha tarmoq vazirliklari va idoralari vakillarining mahalliy hokimlik organlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi shaklini joriy etilishi ushbu mexanizmning asosi hisoblanadi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida davlat rahbari tomonidan 2020 yil davomida Toshkent shahridagi o‘zlashtiriladigan investitsiyalar hajmini keskin oshirish vazifasi qo‘yilganligi, shu sababli mas’ul rahbarlar va xodimlarga ekologik talablarga muvofiq ravishda poytaxt aholisining farovonligi, xavfsizligi mezonlariga rioya qilish, shu bilan birga mavjud xom-ashyo, shaharning hududiy va infratuzilma resurslaridan to‘liq foydalangan holda ushbu vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi.