O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuqumli kasalliklarning yurtimizga kirib kelishi va tarqalishi qat’iy nazoratga olingan

2020-01-15 | Sog‘liqni saqlash

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida koronovirusning yangi tipi epidemiyasi yuzaga kelgan. Xitoyning Uxan shahar Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 2019 yilning dekabr oyining oxirida Xubey provintsiyasida noma’lum etiologiyali pnevmoniya kasalligi tarqalganligini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yilning 11 yanvar holatiga Uxan shahrida 41 ta holatda virusli pnevmoniya kasalligi aniqlangan. Ulardan bir nafari vafot etgan, 6 nafari sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilgan. Bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasining rentgenografiya xulosasiga ko‘ra, ayrim holatlarda bemorlarning o‘pkalari shikastlangan.

Bugungi kunda kasallikning odamdan odamga yuqishi aniqlanmagan.

Yurtimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda;
- pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator kasalliklari alomatlari bilan aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda;
- gripp, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun davolash-profilaktika muassasalarini tayyorgarligini ta’minlash, bemorlarni davolash uchun dori-darmonlar va dezinfektsion moddalar zahirasi yaratildi;
- Xitoy Xalq Respublikasidan kelayotgan yo‘lovchilar orasida gripp kasalligining og‘ir turlariga, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda laboratoriya tashxisi uchun namunalar olish tashkil etilmoqda;
- mutaxassislar tomonidan uchuvchilar, bort va temir yo‘l kuzatuvchilarining bilim saviyasini oshirish maqsadida gripp, O‘RI va o‘tkir pnevmoniya kasalliklarining klinikasi, laboratoriya tashxisi, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda.

Yuqumli kasalliklarning yurtimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan barcha chora-tadbirlar qat’iy nazoratga olingan.

Поделиться