O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

5 ta tashabbus doirasida 2,9 mln. nafar oʻquvchi toʻgaraklarga jalb etildi

2020-01-13 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 tashabbus doirasida yurtimiz umumtaʼlim maktablarida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur 5 muhim tashabbusni joriy etishdan asosiy maqsad va yoʻnalishlari aniq belgilab berilgan. 

Jumladan, birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. 

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 

Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan. 

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. 

Ayni vaqtda beshta muhim tashabbus boʻyicha yurtimiz umumtaʼlim maktablarida turli toʻgaraklar namunali faoliyat olib bormoqda. 

Xususan, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarga 779 ming, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 1,1 mln, axborot texnologiyalari yoʻnalishiga 444 ming, kitobxonlikka 264 ming nafar oʻquvchi hamda 377 ming nafar qizlar ijtimoiy faol hayotga jalb etildi. Jami 2,9 mln. nafar oʻquvchi toʻgaraklarga jalb etilib, umumiy koʻrsatkich 47,5 foizni tashkil etdi. 

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning 19-mart kuni Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning yurtimizning barcha hududlarida joriy etilishi boʻyicha vazifalar belgilab berilgan.

Поделиться