O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyatini tizimli tashkil etishga bag‘ishlangan videokonferentsiya formatida yig‘ilish o‘tkazildi

2020-01-13 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 11-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligida meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, klaster tizimini rivojlantirish va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga qaratilgan videokonferentsiya formatida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

Qayd etilganidek, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarning barchasida klasterlar tashkil etish orqali qayta ishlash, eksport va qo‘shilgan qiymat hajmini oshirish ustuvor masala ekanligi, joriy yilda 2 million 400 ming tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobar ko‘p meva-sabzavot eksport qilinishi bildirildi. Foydalanishdan chiqqan hamda samarasiz bog‘larning o‘rnida yuqori hosil beradigan eksportbop ekinlarni joylashtirish, qayta ishlash, saqlash infratuzilmasiga ega bo‘lgan salohiyatli eksportyor va qayta ishlash korxonalari tomonidan klasterlarni tashkil etish, hududlarda haqiqiy eksportyor va qayta ishlash korxonalariga kooperatsiya tamoyillari asosida mahsulot yetishtiruvchilarni biriktirish orqali meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etib, qayta ishlash va eksport salohiyatini oshirish dolzarbligi qayd etildi. Buning uchun haqiqiy biznesni yurita oladigan, tajribali, qayta ishlash imkoniyatlari mavjud va boshqa davlatlarga eksport qilib kelgan, shartnomalari bor tashabbuskorlar tanlab olinishi bildirildi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 4, Buxoro viloyatida 2, Qashqadaryo viloyatida 5, Navoiy viloyatida 3, Namangan viloyatida 5, Samarqand viloyatida 11, Sirdaryo viloyatida 4, Toshkent viloyatida 8, Surxondaryo viloyatida 1, Jizzax viloyatida 1, Farg‘ona viloyatida 2, Xorazm viloyatida 3 nafar tashabbuskorlar qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha katta salohiyatga ega hisoblanadi. Bu borada meva-sabzavot sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tegishli davlat idoralari, banklarni jalb qilgan holda kompleks hal etilishi muhimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda har bir klasterning muammolari o‘rganilib, ularni tizimli hal qilish va faoliyatini samarali tashkil etish, mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq choralar belgilandi. 

Поделиться