O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘mon Sultoni va xalqiga hamdardlik
2020-01-11 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said nomiga Sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etib maktub yo‘lladi.
"Ul zot Sultonlik taraqqiyoti va ravnaqi, mamlakat xalqining farovonligi va xalqaro maydondagi o‘rnini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida beqiyos sa'y-harakatlarni amalga oshirgan o‘z Vatanining chinakam fidoyi farzandi hamda xalqining cheksiz hurmatiga sazovor bo‘lgan taniqli va mohir davlat arbobi edilar", deyiladi hamdardlik nomasida.