O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Elchisi YXHT Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

2020-01-10 | Ekologiya

2020-yilning 9-yanvar kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Albaniya tomonidan O‘zbekistonning YXHT huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Sherzod Asadovni YXHT Doimiy kengashi Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasining joriy yildagi raisi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qaror tashkilot Doimiy kengashining maxsus yig‘ilishi doirasida qabul qilinib, tadbir chog‘ida YXHTning amaldagi raisi, Albaniya Bosh vaziri Edi Rama 2020-yildagi raislikning ustuvor yo‘nalishlarini taqdim qildi.

Tadbirda Bosh kotib Tomas Greminger, YXHTning barcha organ va institutlari rahbarlar, jumladan Parlament assambleyasi, 57 ta ishtirokchi davlatlar, 11 ta muloqot bo‘yicha sheriklarning doimiy vakolatxonalari va tashkilotning 16 ta dala missiyalari boshliqlari qatnashdilar.

Edi Rama Albaniya raisligi YXHT oldida turgan muammo va tahdidlarni uning fundamental tamoyillariga asoslangan holda hal etish borasida barcha ishtirokchi davlatlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotga intilishini qayd etdi.

Quyidagi yo‘nalishlar YXHTning iqtisodiyot va ekologiya sohalarida joriy yildagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi: korrupsiyaga qarshi kurashish va tegishli boshqarmani rag‘batlantirish, innovatsiya va raqamli iqtisodiyotni ilgari surish, inson kapitalini rivoshlntirish, “aqlli shaharlarni” taraqqiy ettirish, atrof muhitni himoya qilish va ekologiyani samarali boshqarish, tang energetik infratuzilmani himoyalash, xavfli chiqindilarni boshqarish, suv resurslarini yaxlit boshqarish hamda iqtisodiyotda ayollar uchun teng imkoniyatlarni yaratilishini qo‘llab-quvvatlash.

Iqtisodiy-ekologik qo‘mita YXHT hududidagi iqtisodiyot va ekologiya sohalaridagi hamkorlik va xavfsizlik bilan bog‘lik keng ko‘lamli masalalarni, jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish problematikasi, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, transport va logistika, migratsiya, axborot-kommunikatsiya va “yashil” texnologilarni rivojlantirishni nazorat qiladi.

YXHT Doimiy kengashi qo‘mitalaridagi raislik rotatsion hisoblanmaydi, balki tashkilotga amalda raislik qilayotgan tomonning qator siyosiy faktorlar, jumladan davlatning mazkur xalqaro tuzilma doirasida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni to‘laqonli bajarishidan kelib chiqqan holda tayinlashi asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonning YXHT Doimiy kengashi Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasidagi raisligi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik holatni yaxshilash, mintaqadagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni mustahkamlash, transport yo‘laklarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirish borasida ko‘rilayotgan choralarning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinayotganidan guvohlik bershi ta’kidlandi.

2020-yildagi Iqtisodiy-ekologik qo‘mitadagi raislik O‘zbekistonning YXHT maqsad va tamoyillariga hamohang mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarini faol ilgari surish imkonini beradi va tashkilot bilan mamlakatimizdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Buyuk Britaniyaning YXHT huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Nil Bush, Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning raisi etib esa Chexiyaning tashkilot huzuridagi Doimiy vakili, Elchi Ivo Shramek tayinlandi.

Поделиться