O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Malayziyalik investorlar bilan uchrasuv bo‘lib o‘tdi.
2020-01-03 | Texnologiyalar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga Malayziyalik investorlar tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolariga axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq jarayon, iqtidorli talabalarning innovatsion loyihalari, filialning ilmiy salohiyati, Germaniya, Yaponiya kabi rivojlangan horijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi va Malayziya bilan ham bu borada hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida ijobiy fikrlar bildirildi.
Xiva shahrida Malayziya kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Hadidnet” FE LLC kompaniyasi ish boshlayotganligi munosabati bilan yosh kadrlarni kompaniyaga ishga qabul qilish maqsadida TATU Urganch filialining iqtidorli bitiruvchi yoshlari bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida talabalar o‘zlarining olib borayotgan tadqiqot ishlari va amalga oshirayotgan loyihalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Malayziyalik investorlar telekommunikatsiya sohasida kadrlar tayyorlash va yoshlarni ish bilan ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasida smart loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
Tashrif davomida horijiy mehmonlar TATU Urganch filiali qoshida faoliyat yuritayotgan Innovatsion texnomarkaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Bu yerda ishlab chiqilayotgan yuqori texnologiyali loyihalar Malayziyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shu bois, Malayziyalik investorlar bilan kelgusida Innovatsion texnomarkaz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.