O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Cotton Campaign» koalitsiyasi bilan tizimli hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha idoralararo Ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-01-03 | Iqtisodiyot

2019-yil 30-dekabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligida «Cotton Campaign» koalitsiyasi, AQShning huquqni himoya qilish tashkilotlari va tegishli tarmoq uyushmalari bilan doimiy va tizimli o‘zaro munosabatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo Ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi yoritildi.   Ushbu hamkorlik natijasida xalqaro hamjamiyat tomonidan O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish sohasidagi ulkan yutuqlari e’tirof etilmoqda.

Yig‘ilishning barcha ishtirokchilari xalqaro nodavlat va huquqni himoya qilish tashkilotlari, «Cotton Campaign» koolitsiyasi, tegishli tarmoq uyushmalari va boshqa birlashmalar bilan o‘zaro munosabatlarni faollashtirish va kengaytirish zarurligini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar, shu jumladan ushbu masala yuzasidan muntazam qo‘shma yig‘ilishlar, seminar va konferentsiyalar o‘tkazish yo‘li bilan.

Shuningdek, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari borasida O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash hamda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada  takomillashtirish bo‘yicha Yo‘l haritasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik va idoralar rahbarlariga 2019 yilgi paxta terimi doirasidagi har bir qonun buzilish holati puxta ko‘rib chiqilishi, ularga huquqiy baho berilishi hamda qonunchilik talablariga muvofiq tegishli mansabdor shaxslarni javobgarlikga tortish choralarini ko‘rilishi borasida topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kelajakda bunday qonun buzilishi holatlari yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha barqaror mexanizmlarni va bu borada keng jamoatchilik hamda xalqaro nodavlat tashkilotlari  bilan o‘zaro munosabatlarni kuchaytirish choralarini ishlab chiqish lozimligi ko‘ratib o‘tildi.

Поделиться