O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida

2019-12-26 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2019-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan saylovlar bo‘yicha okrug saylov komissiyalarining saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 59, 96-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi

Q A R O R     Q I L A D I:

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi 22 ta okrug saylov komissiyasi tomonidan bironta nomzod ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini ololmagani sababli mazkur saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 67-Pastdarg‘om, 102-Yaypan, 106-Bag‘dod okrug saylov komissiyasi tomonidan arifmetik xatoga yo‘l qo‘yilgani sababli mazkur saylov okruglaridan deputatlar saylangani to‘g‘risida barvaqt xulosaga kelingan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 67-Pastdarg‘om, 102-Yaypan, 106-Bag‘dod saylov okrugi bo‘yicha bironta nomzod ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini ololmagani sababli mazkur saylov okruglarida eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod o‘rtasida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okrugida (1-ilova) takroriy ovoz berish 2020-yil 5-yanvar - yakshanba kuni o‘tkazilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar bo‘yicha takroriy ovoz berishni 2020-yil 5 yanvar - yakshanba kuni o‘tkazish tavsiya etilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 59-moddasiga muvofiq takroriy ovoz berish saylov okrugi bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha ushbu okrugda o‘tkaziladi;

takroriy ovoz berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan o‘sha saylov uchastkalarida va saylovchilarning o‘sha ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalari takroriy ovoz berishni O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazishni ta’minlasinlar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (X.Mamatov) bir haftalik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha takroriy ovoz berish uchun saylov byulletenlari, chaqiruv va nomzodlar plakatlari, taklifnomalar, boshqa saylov jihozlari joylarga yetkazib berilishini ta’minlasin.

Takroriy ovoz berish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilsin.

7. O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi o‘zining hududiy telekanallarida takroriy ovoz berishni o‘tkazishda saylovoldi tashviqotini olib borish uchun siyosiy partiyalar bilan kelishgan holda bepul 30 daqiqalik teng efir vaqtini ajratsin.

8. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M.Istamov zimmasiga yuklansin.

 

Rais                                                                             M.ABDUSALOMOV

2019-yil 25-dekabr

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining

2019-yil 25-dekabrdagi 1016-son qaroriga 1-ilova

2020-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish o‘tkaziladigan saylov okruglari

RO‘YXATI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA:

8-Oqmang‘it saylov okrugi

ANDIJON VILOYATI BO‘YICHA:

9-Andijon saylov okrugi

JIZZAX VILOYATI BO‘YICHA:

32-Jizzax saylov okrugi

33-Do‘stlik saylov okrugi

35-G‘allaorol saylov okrugi

36-Paxtakor saylov okrugi

37-Sharof Rashidov saylov okrugi

NAMANGAN VILOYATI BO‘YICHA:

44-Sardoba saylov okrugi

49-Uychi saylov okrugi

SAMARQAND VILOYATI BO‘YICHA:

56-Registon saylov okrugi

57-So‘g‘diyona saylov okrugi

67-Pastdarg‘om saylov okrugi

SURXONDARYo VILOYaTI BO‘YICHA:

76-Sherobod saylov okrugi

83-Oltinsoy saylov okrugi

TOSHKENT VILOYATI BO‘YICHA:

87-Angren saylov okrugi

89-Bo‘ka saylov okrugi

FARG‘ONA VILOYATI BO‘YICHA:

102-Yaypan saylov okrugi

104-Uchko‘prik saylov okrugi

106-Bag‘dod saylov okrugi

XORAZM VILOYATI BO‘YICHA:

117-Urganch saylov okrugi

QASHQADARYO VILOYATI BO‘YICHA:

133-Shahrisabz saylov okrugi

134-Yakkabog‘ saylov okrugi

135-G‘uzor saylov okrugi

TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA:

148-Ko‘kcha saylov okrugi

150-Shayxontohur saylov okrugi

Поделиться