O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

SSPda Pokiston Jurnalistlari uyushmasining vitse-prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi

2019-12-25 | Iqtisodiyot

24-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari Farizshox Usmonov Pokiston Jurnalistlari uyushmasi vitse-prezidenti, urdu tilidagi "Ittehad" gazetasining bosh muharriri Tohir Farrux bilan uchrashdi.

Tohir Farrux O'zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasidagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchilar qatoridan joy oldi. U saylov jarayoni haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi, uning xalqaro standartlarga to'la mos kelishi, mutlaqo oshkoralik, halollik, shuningdek, saylovchilarning saylov uchastkalariga to'sqinliksiz kirishini ta'kidladi.

Shuningdek, u O'zbekistondagi iqtisodiy o'sishning ijobiy dinamikasini ta'kidlab, respublika hukumatining iqtisodiyotning turli sohalarini liberallashtirish va xorijiy sarmoyadorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi sa'y-harakatlarini olqishladi.

Uchrashuv davomida F.Usmanov mehmonlarga Savdo-sanoat palatasining faoliyati, shuningdek, O'zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlar va investorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berdi.

- Mamlakatda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, asosan, O'zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishning jozibadorligini belgilaydi, - dedi Tohir Farrux.

Поделиться