O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Alan Dunkan tashrifi

2019-12-19 | Saylov

18-dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Alan Dunkan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M.Istamov bilan muloqot chog‘ida mehmon  mamlakatimiz milliy qonunchiligiga saylov jarayonini yanada demokratlashtirish, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish borasida kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishtirildi. Saylov bilan bog‘liq barcha huquqiy me’yorlarni o‘z ichiga qamragan yaxlit qonun hujjati -Saylov kodeksi qabul qilindi. Uni ishlab chiqish jarayonida o‘nlab xorijiy davlatlarning, jumladan, Buyuk Britaniyaning ham saylov qonunchiligi jiddiy o‘rganildi.

Kodeksga binoan, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirilganligi,  mamlakatimizning chet ellarda yashayotgan barcha fuqarolar uchun saylovlarda ishtirok etish borasida keng imkoniyatlar yaratilgani “Bir saylovchi - bir ovoz” tamoyilini amalda tatbiq etishga xizmat qiladi.

Ser Alan Dunkan saylovlarga nafaqat siyosiy voqea sifatida, balki mamlakatning keyingi taqdirini belgilab beruvchi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oqimini yo‘naltiruvchi, so‘z erkinligini ta’minlovchi jarayon sifatida qarash kerakligini qayd etdi.

O‘z taraqqiyotining yangi, demokratik bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda ko‘plab sohalarda  ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani xorijda ham ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda.

Buyuk Britaniyada ham bir hafta oldin saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish jarayonlari  erkinlik, ochiqlik va adolat printsiplari asosida   o‘tkazilishi demokratiyaning muhim shartlaridandir. Saylovchilar ovozlari sonini hisoblashda ham  adolat tamoyillariga amal qilish muhim ahamiyatga ega.  Shundagina saylovlar adolatli o‘tdi, deyish mumkin. Saylovlarda yoshlarning faol ishtiroki ularning kelajagi qanday bo‘lishini belgilab beradi.

Alan Dunkan mazkur tashrifi doirasida saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida respublikamizning qator hududlarida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Поделиться