O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh xalqaro strategik tadqiqotlar assotsiatsiyasi prezidenti Gregori Kopli Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

2019-12-19 | Xavfsizlik sohasi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga xalqaro kuzatuvchi – Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqaro strategik tadqiqotlar assotsiatsiyasi prezidenti Gregori Kopli tashrif buyurdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti O‘zAga ma’lum qildi.
 
Gregori Kopli strategik masalalar va tarix bo‘yicha 32 kitob hamda mingdan ziyod maqola, leksiyalar muallifi va hammuallifidir.
 
Mehmon dastavval Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng saylov uchastkasida bo‘lib, u yerda saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Saylov jarayonida oshkoralik va demokratik tamoyillarning ta’minlanishi borasida o‘zini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
 
Tashrif davomida Gregori Kopli va Qurolli Kuchlar akademiyasi mas’ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy ta’lim va harbiy kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
 
Xususan, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy ta’limni rivojlantirish borasidagi istiqbolli chora-tadbirlar, bu borada xorij davlatlari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Поделиться