O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Yaponiya Maslahatchilar palatasi rahbariyati bilan uchrashdi
2019-12-19 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda tashrif dasturining ikkinchi kunida Yaponiya parlamentnining Maslahatchilar (yuqori) palatasi prezidenti Akiko Santo bilan uchrashdi.
Parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan qo‘shma memorandum doirasida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi faol muloqot olib borilayotgani yuksak baholandi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’lim, madaniyat, sport, gumanitar almashinuv sohalarida keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi sessiyalari o‘tkaziladigan tarixiy zal bilan ham tanishdi.