O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlatimiz rahbari Nagoya merini qabul qildi
2019-12-18 | Siyosat
Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta’lim, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.
2020-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi o‘rtasida Sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi.