O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekspertlar davra suhbati​

2019-12-17 | Xavfsizlik sohasi

Tokioda 16-dekabr kuni “Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Unda ikki davlat siyosiy va tahliliy doiralari vakillari, ekspertlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi o‘zgarishlar shiddatli tus olgani ta’kidlandi. Barcha sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, mamlakatimizni jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish jarayonlari bundan keyin ham davom etishi qayd etildi.
 
Yaponiyaning yetakchi tahlilchilari o‘z chiqishlarida O‘zbekiston yuritayotgan yangi siyosat alohida e’tiborga loyiq deya ta’kidladi. Mutaxassislar, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda boshlab bergan yangi siyosati dunyo jamoatchiligi kun tartibiga ko‘plab ijobiy g‘oya va tashabbuslarni olib chiqqani, muhimi, ular muvaffaqiyatli amalga oshirila boshlanganini ta’kidladi.
 
O‘zbekiston tashqi siyosatda xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tamoyillariga asoslangan yangi yo‘ldan bormoqda. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yangi siyosiy muhitni paydo qildi, qo‘shni davlatlar o‘zaro yaqin hamkorlikni mustahkamlashga intilmoqda. Buni yaqinda Toshkentda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ham tasdiqladi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan asos solingan mazkur formatdagi uchrashuvlar mintaqa davlatlari rahbarlarining ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilish va qat’iy siyosiy irodasini yaqqol namoyon etdi.
 
Davra suhbatida Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik aloqalari, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jarayonlarini Yaponiya faol qo‘llab-quvvatlab kelayotganiga e’tibor qaratildi. Yaponiya birinchilardan bo‘lib “Markaziy Osiyo - Yaponiya” muloqot mexanizmini boshlagan. Ushbu muloqot mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalarida hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan.
 
Davra suhbati yakunida ikki mamlakat tahliliy tuzilmalari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirishga qaror qilindi.

Поделиться