O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha Yevropa mintaqaviy idorasi rahbari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2019-12-13 | Xavfsizlik sohasi
Joriy yilning 12-dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida BMTning ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha Yevropa mintaqaviy idorasi (UNDRR) rahbari Abilash Panda bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida ikki taraf vakillari "Markaziy Osiyoda ofatlarga va iqlim o’zgarishiga bo’lgan barqarorlikni kuchaytirish" mintaqaviy dasturni amalga osirish masalasi muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishlab chiqilayotgan dastur doirasida qo'shimcha ravishda asosiy yo'nalishlar va amaliy tadbirlar amalga oshirish imkoniyati belgilab olindi.