O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi xalqaro ekspert bilan muhokama qilindi

2019-12-11 | Ta’lim

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida taʼlim sohasi boʻyicha xalqaro ekspert, Baku Yevropa litseyi direktori Veyseva Zulfiya xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda yurtimizda taʼlim sifatini oshirish va adolatli baholab borish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan taʼlim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazishdagi yangiliklar, oliy taʼlim muassasalari va maktablar reytingi, nodavlat taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish masalalarida erishilgan natijalar va mavjud muammolar muhokama qilinib, mazkur jarayonlarda ikki tomonlama hamkorlik borasida fikr almashildi.

Taʼlim inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev xorijlik mehmonga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xususan, oliy taʼlim muassasalari va maktablar reytingi natijalari hamda pedagog kadrlar va taʼlim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazishdagi yangiliklar haqida maʼlumot berdi.

Veyseva Zulfiya xonim oliy taʼlim muassasalari va maktablar reytingini aniqlashda qoʻllanilgan indikatorlar, attestatsiya va akkreditatsiya jarayonidagi yangiliklar, taʼlimda nodavlat sektor ishtirokini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Xalqaro ekspertga ushbu jarayonlarni tashkil etish boʻyicha yangiliklar haqida maʼlumot berilar ekan, ushbu ishlar barchasi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, xalqaro ekspertlar jalb etish orqali ishlab chiqilgani va birinchi navbatdagi oʻqituvchilarga oʻz ustida ishlashga, taʼlim muassasalariga mavjud kamchilikni oʻzlari aniqlab bartaraf etishga imkoniyat berilayotganini maʼlum qilindi.

Xalqaro ekspert Taʼlim inspeksiyasi tomonidan taʼlim sifatini baholash ishlari oʻqituvchilarni jazolash emas, kamchiliklarni aniqlab ularga koʻmaklashishga qaratilganligini yaxshi tajriba sifatida eʼtirof etar ekan, sohasidagi uzoq yillik faoliyati davomida orttirilgan tajriba bilan oʻrtoqlashdi. Xususan, Veyseva Zulfiya xonim maktab oʻqituvchilari faoliyatini baholash haqida gapirar, oʻqituvchilarni tanqid qilish orqali sifatni oshirib boʻlmasligi, talab qilishdan avval birinchi navbatda sharoit yaratish, malaka oshirish tizimini yaxshilash, ushbu jarayonda nodavlat muassasalar ishtirokini oshirish lozimligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, yurtimizda taʼlim sifatini baholash va oshirish, oʻqituvchilar va taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish borasida Taʼlim inspeksiyasining Xalq taʼlimi vazirligi bilan yaqin hamkorlik qilinayotganini kelgusida oʻz samarasi beradigan toʻgʻri yondashuv ekanligini aytib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida yurtimizda taʼlim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyiha boʻyicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Поделиться