O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“YOSHLAR – KORRUPSIYAGA QARSHI” mavzusidagi davra suhbati

2019-12-11 | Jamiyat

2019 yilning 9 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi” mavzucidagi davra suhbati o’tkazildi. 

Mazkur tadbirda “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi”ning 1-3 bandlari ijrosi bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha namunaviy tadbirlarning ichki idoraviy dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika idoralararo komissiyasining 2019 yil 31 iyuldagi №19G’10a-19-sonli topshiriq xati asosida tashkil etilgan.

Tadbirni tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 4 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya holatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida fikr almashishdan iborat.   

Tadbirda quyidagi masalalar ko’rib chiqildi va muhokama etildi:  
– moliya sohasida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishi;
– davlat boshqaruvi sohasida yoshlar o’rtasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar;
– yoshlar orasida huquqiy ta’limni targ’ib qilishda Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazining o’rni;
– O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida yoshlarning konstitutsiyaviy huquqlari va ularni himoya qilish usullari;
– korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlar orasida huquqiy bilimlar va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari.

Bo’lib o’tgan bahs-munozaralar natijalari yuzasidan korrupsiya bilan bog’liq qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etishda moliya organlari xodimlari, ayniqsa, yosh kadrlarning mas’uliyatini oshirishga doir masalalarga qaratilgan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Mazkur konferensiya yoshlarning ijtimoiy xavfli holat – korrupsiyaga qarshi kurashishdagi bilimlarini oshirishga, huquqiy ongi va zamonaviy dunyoqarashini kengaytirishga, shu yo’l bilan yurt taraqqiyotiga hissa qo’shadigan malakali kadrlar bo’lib etishishlariga xizmat qiladi. 

Umuman olganda, mazkur tadbir davomida mamlakatimizning barcha Moliya va G’aznachilik organlari hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi xodimlari, xususan, yosh kadrlar ishtirok etib, o’zaro fikr almashishga muvaffaq bo’ldilar. 

Поделиться