O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi tizimi biznes jarayonini avtomatlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti
2019-12-10 | Iqtisodiyot
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil 7 dekabr kuni Moliya vazirligi xodimlari uchun “Moliya vazirligi tizimi biznes jarayonini avtomatlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi majlislar zalida taqdimot bo’lib o’tdi.
Vazir o’rinbosari O.Isakov birinchi bo’lib so’zga chiqib, taqdimotda muhokama qilinadigan loyihalarni ahamiyatliligi haqida ma’lumot berib o’tdi.
Taqdimotda Moliya vazirligi AHM va tashkiliy tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan 20 tadan ko’p loyihalar bo’yicha batafsil ma’lumot berildi.
Bulardan:
- Tarifikatsiya jadvali va smeta shakllanishi jarayonini avtomatlashtirish va byudjet ochiqligi va shaffofligini ta’minlash AT joriy etish xaqida (AHM direktori U.Daulanov),
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” AT joriy etish xaqida (Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i N.Muslitdinov),
- Moliya vazirligining “Kameral nazorat” AT joriy etish xaqida (Davlat moliyaviy nazorati Departamenti direktori N. Sabirov),
- “dastur-ijro.mf.uz” – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarining Moliya vazirligida ijrosi AT joriy etish xaqida (Hududlar moliya bosh boshqarmasi)
- va ya’na bir qator sohalarda Moliya vazirligi tizimi biznes jarayonini avtomatlashtirish bo’yicha amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar to’g’risida taqdimot o’tkazildi.