O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Мetroning Yunusobod yo'nalishidagi ikkinchi tunnelda burg'ulash ishlari yakunlandi
2019-12-04 | Jamiyat
“O'zbekiston temir yo'llari” AJ tasarrufidagi “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining Yunusobod yo'nalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg'ulash ishlari yakuniga yetkazildi.
Hozirgi kunda Yunusobod linniyasining o'ng tunnelida burg'ulash ishlari tugatilib, mavjud bo'lgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborildi.
Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, mavjud bo'lgan “Shahriston” hamda qurilayotgan “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari qizg'in davom ettirilmoqda. Umuman olganda, bugungi kunga kelib, ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortig'i bajarildi. Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poezdlar qatnovi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yo'lovchilar uchun poezdlar harakatini yo'lga qo'yilishi kutilmoqda.