O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madridda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi o‘tkazilmoqda

2019-12-04 | Ekologiya

Ispaniya poytaxtida 2-13 dekabrda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida 196 mamlakat vakillari, shu jumladan 50 ta davlat va hukumat rahbarlari, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va yoshlar harakati vakillari ishtirok etmoqda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish sammitni ochib, mamlakatlarni sayyoradagi iqlim o‘zgarishi bilan yanada keskin kurashishgna chaqirdi.

BMT Rahbarining so‘zlariga qaraganda, hozirgi vaqtda insoniyat ora yo‘lda turibdi, keyingi o‘n yillikning oxirigacha ikkita yo‘lning biridan boradi. U yoki qaytmas nqtadan o‘tib, sayyoradagi barcha tirik jonni xavf ostiga qo‘yadi, yoki, ‘umid yo‘li"dan borib, СO ajratmalri miqdorini darhol kamaytiradi.

Konferensiya ishtirokchilari atrof muhit ifloslanishini tezroq kamaytirish, iqlim isishining oldini olishga imkon beradigan choralarni muhokama qilmoqdalar. Mamlakatlar Parij bitimini qabul qilib, yuz yillikning oxirigacha haroratning 1.5-2 daraja atrofida kztarilishini ushlab qolish, 2030 yilga kelib issiqxona gazlari ajaratmalarini 45%ga qisqartirish, 2050 yilga kelib esa ajratmalarning nol darajasiga erishishga va’da berganlar.

Konferensiyaning turli tadbirlar, seminarlar. Ma’ruzalardan iborat keng rasmiy va qo‘shimcha dasturlari bor.

Madrid konferensiyasi katta jamoat rezonansiga ega bo‘lmoqda. Ijtimoyi tarmoqlarda #ClimateAction heshtegi ostida zudlik bilan iqlimiy harakatlarga chorlovchi materiallar chop etilmoqda. Undag tashqari yoshlar tashkilotlari ko‘pgina tadbirlar o‘tkazmoqda, xususan YOshlar konferensiyasi (Conference of the Youth in Madrid) ish boshladi.

Konferensiya ishida BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasining milliy koordinatori bo‘lgan O‘zgidromet va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Поделиться