O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuksak matonat va kuchli iroda sohiblari bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tdi

2019-12-03 | Jamiyat

3 dekabr kuni Namangan shahridagi “Visol” majmuasida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi va barchaga viloyat hokimligining sovg‘alarini ulashdi.

“Yuksak matonat va kuchli iroda sohiblari bo‘lgan siz azizlarning har qanday to‘siqni oshib hayotga dadil davom etayotganingiz barchaga o‘rnak bo‘lishga arziydi.

Imkoniyati cheklangan insonlarni alohida toifalash noto‘g‘ri deb hisoblayman aslida. Dunyo bo‘yicha statistikalarga nazar soladigan bo‘lsak, har o‘n kishidan bir kishi imkoniyati cheklangan hisoblanadi. Bunday holatda oldimizda turgan asosiy vazifa imkoniyati cheklangan insonlarning jamiyat ichida o‘zlarini to‘la ro‘yobga chiqarib, xotirjam hayot kechirishlari uchun imkoniyat yaratish, shunga moslashtirilgan infratuzilma va tizimlarni joriy etish xolos.

Muhtaram Prezidentimiz rahbarliklarida bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning markazida ham aynan shu jihat – inson qadr-qimmatini ulug‘lash yotmoqda”, - deya ta’kidladi hokim o‘rinbosari o‘z so‘zida.

Tadbir san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlariga ulanib, bayramona ruhda o‘tkazildi.

Viloyatda istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan aholi vakillarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish doimo e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

Imkoniyati cheklangan, nogironligi bor fuqarolarga uy sharoitida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni, ta’lim olishni tashkillash uchun tibbiyot va ta’lim birlashmalarida ko‘plab mutaxassislar jalb etilgan.

Bugun Namanganda “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari faoliyat olib bormoqda, yoshlar uchun 8 ta maxsus maktab-internatlar faoliyat olib bormoqda.

Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda viloyatimizda 1079 imkoniyati cheklangan o‘quvchiga 3044 ta pedagog uylarda maxsus inklyuziv ta’lim tashkil etib kelmoqda. Buning natijasi sifatida oliygohlarda ko‘plab imkoniyati cheklangan talabalarning erishayotgan ilmiy yutuqlarini ko‘rsatish mumkin.

Sport sohasida paralimpiadachilarimiz natijalari ham e’tiborga sazovordir. Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 50 dan ziyod sportchilar Respublika chempionatlari sovrindorlari bo‘lishdi, bundan 22 tasi oltin medalga ega chiqdi. To‘rt sportchi jahon chempionatlari g‘olibi bo‘ldi. Nayza uloqtirish sportida Nozima Qayumova Tokio 2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurdi, yana 7 sportchi Tokio yo‘llanmalari uchun bahslarni davom ettirmoqda.

Bugungi kunda imkoniyati cheklangan aholi vakillari jamiyatning istalgan sohasida o‘zlarini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Ularning turmush sifatini yanada yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, huquqlari, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga, jamiyatdagi faol pozitsiyasini shakllantirishga ko‘maklashish eng ustuvor vazifadir.

Поделиться