O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
2019-12-02 | Hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Q A R O R I
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I :
1. Quyidagilar:
Shuxrat Raxmatovich Abbasov o‘n yil muddatga;
Raxmatilla Salaydinovich Orziqulov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.
2. Quyidagilar:
Mukaddas Ziyadullaevna Gulamova;
Xamra Jaxangirovich Berdiklichev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi T.Narbaeva
Toshkent shahri,
2019 yil 30 noyabr