O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy harbiy okrugda xarbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda

2019-12-02 | Xavfsizlik sohasi

Markaziy harbiy okurg qo‘shinlari qo‘mondonining ko‘rsatmasiga asosan, xarbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo‘yicha belgilangan me’yorlar asosida bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilayotgan sinov mashg‘ulotlari harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ular orasidan eng ilg‘orlarini aniqlash hamda kasbiy mahorati va bilimlarini yanada yuksaltirishga qaratilgan.

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar taktik, otish, jismoniy tayyorgarlik, harbiy topografiya va texnik tayyorgarlik bo‘yicha belgilangan amaliy sinov mashiqlarini topshirdilar.

Sinov mashg‘ulotining yana bir amaliy qismi “Sazagan” dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tmoqda. U erda harbiy xizmatchilar nishonlarga o‘q otish, granata uloqtirish, haydovchilik mahoratlari kabi mashg‘ulotlardan sinovdan o‘tishmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari okrug boshqaruv apparati mas’ul ofitserlari tomonidan baholanib borilmoqda.

Поделиться