O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiya Respublikasining O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv
2019-11-30 | Iqtisodiyot
2019 yil 28-noyabr kuni Moliya vazirligida Fransiya Respublikasining O'zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Izabelle Servoz-Galluchchi xonim bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Fransiya Respublikasining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi, havo transporti sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, qishloq xo'jaligidagi hamkorlik, xususan, Fransiya Taraqqiyot agentligi bilan aloqalarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, tomonlar Bo'stonliqdagi sayyohlik zonasini rivojlantirish bo'yicha loyihaning borishi haqida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida Moliya vazirligi rahbariyati elchini samimiy tabrikladi va Fransiya Respublikasi bilan iliq munosabatlarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.