Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev Toshkentga keldi
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Shundan soʻng Nursulton Nazarboyev oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi 29-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.