O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikistonning bir qator mintaqalarida O‘zbekiston fuqarolari uchun Oliy Majlisga bo‘lajak saylovda muddatidan oldin ovoz berish tashkil etiladi

2019-11-26 | Saylov

2019-yilning 21-22-noyabr kunlari Tojikistonning So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida mamlakatimizning Dushanbe shahridagi Elchixonasi vakillarining mintaqa Hukumati rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hududida bo‘lajak parlament saylovida O‘zbekiston fuqarolarining muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

So‘g‘d viloyati Hukumati raisi o‘rinbosari Baxodurzoda Baxodur bilan muzokaralar chog‘ida bo‘lajak parlament saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish uchun uchta joy tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hukumat rahbariyati o‘z mintaqalaridagi davlat ommaviy axborot vositalarida tashviqot materiallarining nashr etilishiga ko‘maklashishga, shuningdek, muddatidan oldingi saylov kunlari huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan saylov o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibini ta’minlashga tayyorligini bildirdi.

Ayni paytda So‘g‘d viloyati hududida 330 nafar O‘zbekiston fuqarolari istiqomat qilmoqda, ular konsullik ro‘yxatiga olingan va 22-dekabr kuni mamlakatimizning Dushanbe shahridagi Elchixonasi huzuridagi 17-saylov uchastkasida ovoz berish uchun saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston diplomatlari mamlakatimiz fuqarolari tahsil olayotgan viloyat OTMda, shuningdek, ular zich yashaydigan joylarga bo‘lishdi va Xo‘jand shahri saylov uchastkasi joylashgan Dushanbe shahridan uzoqligi tufayli So‘g‘d viloyatining uchta joyida vatandoshlarga qulaylik yaratish maqsadida 17-saylov uchastkasi komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘chma saylov qutisi yordamida muddatidan oldin ovoz berish tashkil qilinadi:

- 12-dekabr soat 08:00 dan soat 20:00 gacha Xo‘jand shahrida joylashgan Toshxo‘ja Asiri nomidagi viloyat jamoat kutubxonasi binosida (Ismoil Somoniy ko‘chasi, 1-uy, “O‘zbek ma’naviyat va ma’rifat markazi” jamoatchilik tashkiloti kabinetlarida), bu yerga So‘g‘d viloyatining Xo‘jand shahri, Spitamen, B.G‘afurov, J.Rasulov, Konibodom va Isfara tumanlarida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari muddatidan oldin ovoz berish uchun kelishlari mumkin bo‘ladi;

- 13-dekabr soat 08:00 dan soat 20:00 gacha So‘g‘d viloyatining Zafarobod tumanida (aniq manzil yaqin vaqtda e’lon qilinadi);

- 14-dekabr soat 08:00 dan soat 20:00 gacha Istaravshan tumani, shuningdek, Shahriston va G‘onchi tumanlari hududda istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun (manzil yaqin vaqtda aniqlanadi).

Xo‘jand shahrida bo‘lish chog‘ida Elchixona vakillari akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetining o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Vatandoshlarga saylovda ishtirok etayotgan beshta siyosiy partiya va ularning saylovoldi platformalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Saylov qonunchiligidagi yangiliklarning ahamiyati ta’kidlandi, bu xorijdagi vatandoshlarga eng muhim siyosiy voqea - Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar ochishi qayd etildi.

Uchrashuvlar ishtirokchilariga ovoz berish tartibi, mamlakatimiz Markaziy saylov komissiyasining veb-saytida saylovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza topshirish tartibi, shuningdek, qiziqtirgan boshqa savollarga javoblar berildi.

Поделиться