O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi - tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi

2019-11-25 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Global tadbirkorlik haftaligi ishtirokchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra "Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Global tadbirkorlik haftaligi 12 yildan beri jahonning 160 mamlakatida har yili o‘tkazib kelinib, uning vazifasi tadbirkorlik ekotizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

GEN (Global Entrepreneurship Network) Global tadbirkorlik tarmog‘i, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi, GroundZero kovorkingi va Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi uning O‘zbekistondagi tashkilotchilari hisoblanadi.

2019-yilda o‘tkazilgan Global tadbirkorlik haftaligida 2 mingdan ortiq mehmonlar, 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tashabbus startap, ta’lim, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesni masshtablash va biznesni o‘stirish, turizm, marketing, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab oldi.

So‘rov 4 nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi:

1) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi

2) Tadbirkorlar uchun eng qulay moliyaviy yechim

3) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga yordam ko‘rsatgan eng faol platforma

4) Tadbirkorlarni tayyorlash bo‘yicha eng yetakchi ta’lim muassasasi

5) Eng yorqin va istiqbolli startap

Ovoz berish natijalari:

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 102 ovoz

Innovatsiyalar vazirligi — 60 ovoz

Moliya vazirligi — 29 ovoz

Markaziy bank — 28 ovoz

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — 16 ovoz

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — 16 ovoz

Vazirlik rahbariyati g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etib,  xususiy sektor — xorijiy va mahalliy investorlar, shuningdek ishlab chiqaruvchilar va ekportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘llanilayotgan mexanizmlar va vositalar haqida gapirib berishdi.

Поделиться