O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Bir million dasturchilar" loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan rasmiy konferentsiya bo‘lib o‘tdi
2019-11-22 | Iqtisodiyot
Joriy yil 21-noyabr kuni "Bir million dasturchilar" loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan rasmiy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda amirlik tomonidan BAA hukumat va kelajak ishlari vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gergavi, BAA sun’iy intellekt davlat vaziri Umar bin Sulton Olama, O‘zbekiston tomonidan - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov ishtirok etdilar.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish doirasida Dubay kelajak jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Loyiha keng jamoatchilikni, ayniqsa yoshlarni masofadan turib uzbekcoders.uz portali orqali dasturlash bo‘yicha yengil va sifatli ta’lim olish uchun imkoniyat yaratishga yo‘naltirilgan.
Loyihaning birinchi bosqichida Portalda uzbek tilidagi subtirlar bilan ingliz tilidagi video kurslar ishga tushirilib, Amerikaning yetakchi Udacity kompaniyasining eng mashhur to‘rtta kurslarini (mutaxassisliklarini), jumladan ma’lumotlarni tahlil qilish, Android dasturlarini ishlab chiqish, veb-ilovalarni ishlab chiqish va dasturiy ta’minotning to‘liq siklini ishlab chiqishni qamrab oladi.
II bosqichda kursning muvaffaqiyatli bitiruvchilari grantlarni qo‘lga kiritishga harakat qilib, Nanodegree Udacity platformasidagi 100 dan ortiq dasturlardan biri bo‘yicha o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Buning uchun yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, eng yuqori ballga ega bo‘lgan Top-150 talabalar qatoridan o‘rin egallash lozim. Nanodegree diplomlari Google, AT & T, Autodesk, Salesforce va boshqa ko‘plab IT-kompaniyalar tomonidan tan olinadi.
III bosqichda 2020-yil sentabr oyida eng yaxshi dasturchilarni aniqlash bo‘yicha tanlov tashkil etish reja qilinmoqda va bu maqsadda amirlik tomoni 100 ming AQSh dollari miqdorida sovrin jamg‘armasi ajratish istagini bildirmoqda.
Shuningdek, konferentsiya ishtirokchilari, istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirish va bozorga chiqarish uchun biznes-inkubatsiya, akseleratsiya va venchurli moliyalashtirish dasturlari amalga oshirilayotgan dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrifi doirasida, talabalar va yosh mutaxassislarning ishlanmalari va dasturiy mahsulotlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Mazkur parkning asosiy maqsadi sanoat va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan «digital» sohasini yaratish va o‘zgartirishdan iborat.
Amirlik vakillari O‘zbekistonda texnologiyalar sektorini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ijobiy baholab,
o‘z dasturiy ishlanmalarini takomillashtirish va ularni dolzarblik, ergonomiklik va ishonchlilik mezonlari bo‘yicha xolis baholash maqsadida xalqaro tajribani o‘zlashtirishning muhimliligini ta’kidlab o‘tdilar.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish uchun BAAdan xususiy homiylar va IT-kompaniyalarni jalb qilish orqali o‘z faoliyatini endi boshlayottgan mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Amirlik vakillari texnologiyalar sektorini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ijobiy baholab, o‘z dasturiy ishlanmalarini takomillashtirish va ularni dolzarblik, ergonomiklik va ishonchlilik mezonlari bo‘yicha xolis baholash maqsadida xalqaro tajribani o‘zlashtirishning muhimliligini ham ta’kidlab o‘tishdi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish uchun BAAdan xususiy homiylar va IT-kompaniyalarni jalb qilish orqali o‘z faoliyatini endi boshlayottgan mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ham muhokama qilindi.