O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston Respublikasi IIV delegatsiyasining Hindistonga tashrifi
2019-11-20 | Xavfsizlik sohasi
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po’lat Bobojonov rahbarligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasiga jo’nab ketdi.
Tashrif kun tartibidan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Hindiston politsiyasi o’rtasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga doir bir qator muhim masalalar o’rin olgan.
Hindiston Ichki ishlar vaziri Amit Shax bilan o’tkazilishi ko’zlangan muzokaralarda uyushgan transmilliy jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilinib, o’zaro fikr almashiladi.
Tashrif davomida, shuningdek, Hindiston turistik politsiyasining ilg’or tajribasini o’rganish ham rejalashtirilgan.