O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlikdagi ijodiy loyiha

2019-11-20 | Madaniyat

Shu kunlarda poytaxt teatrlari xalqaro miqyosdagi hamkorlik doirasidagi eng yaxshi loyihalarni tomoshabinlarga taqdim etmoqda. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida bir qator xorijiy davlatlarning sanʼatkorlari ishtirokida tayyorlangan “Rasputin“ balet-spektaklining namoyishi buning yana bir yorqin dalilidir.

Jahonga mashhur balet artisti Sergey Polunin ishtirokidagi ushbu spektakl premyerasiga barcha biletlar sotilib boʻlinganligi sababli, teatr binosining yonginasida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan ochiq osmon ostida baletning jonli translyatsiyasi yoʻlga qoʻyildi. Mazkur translyatsiya namoyishi barcha uchun ochiqligi bilan ahamiyatga molikdir.
 
“Rasputin“ dramatik baleti yapon xoreografi Yuka Oyshi tomonidan S.Polunin uchun maxsus yaratilgan. Joriy yilda Londonning “Palladium“ teatrida spektaklning jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. Yaqinda esa ushbu balet-asarni Xitoy tomoshabinlariga taqdim etish rejalashtirilgan.
 
– Men bu baletni sahnalashtirishdan avval koʻplab adabiyotlarni oʻqib chiqdim, – dedi Yuka Oyshi. – Shu paytga qadar asar bosh qahramonining ziddiyatli ruhiyati, murakkab feʼl-atvorini koʻplab afsona va mish-mishlar qamrab olgandi. Lekin nima boʻlganida ham u eng avvalo ezgu fazilatlarni va ayrim salbiy jihatlarni ham oʻzida mujassam etgan inson edi. Sahnalashtirish jarayonida shu jihatlarga asosiy eʼtiborni qaratishga urindim.
 
Mazkur balet premyerasining tashkilotchisi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi sanaladi. Balet-tomoshaning yaratilishida Yaponiya, Daniya, Rossiya, Serbiya kabi davlatlarning xoreograf va raqqoslari jalb etilgan.
 
 

N.USMONOVA, OʻzA

Поделиться