O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax viloyati hokimining navbatdagi sayyor qabuli Paxtakor tumanida o‘tkazildi
2019-11-18 | Jamiyat
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning navbatdagi sayyor qabuli Paxtakor tumanida o‘tkazildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Jizzax viloyatida ham yangi turar joy massivlari qurilmoqda.
Xususan, Paxtakor tumanidagi Oltinko‘l va Olmazor mahallalarida e’tibordan chetda qolgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun 35 gektardan ziyod yer maydoni ajratilib, 3200 nafar fuqaro uchun 780 ta yangi uy bunyod etilmoqda.
Mazkur keng ko‘lamdagi obodonlashtirish hamda aholini qiynayotgan muammolar bilan tanishib ularni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimining sayyor qabuli tashkil etildi.
Ushbu jarayon bilan to‘liq quyidagi lavhada tanishib olishingiz mumkin.