O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termez shahrida energiya samaradorligi bo‘yicha davra suhbati va savdo yarmarkasi

2019-11-18 | Jamiyat

2019-yil 14-noyabrda Termizda Energetika vazirligi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi davra suhbati va savdo yarmarkasini o‘tkazdilar.

Ushbu tadbirlarning maqsadi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2013-yildagi PQ-4422-son Qarorini muhokama qilishni davom ettirish, shuningdek, tadbirkorlarni "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasi bilan tanishtirish.

Yarmarkada respublikaning energiya tejamkor uskunalari ishlab chiqaruvchilari: "QIYE quyosh texnologiyasi", "Xududgaz Termiz", "Royal", "Prime" va boshqalar namoyish etildi.

Savdo yarmarkasi va davra suhbatida 300 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Ushbu tadbirlarning ishtirokchilari, kichik va o‘rta sanoat korxonalari rahbarlari Jahon banki va Yevropa investitsiya bankidan kredit olish imkoniyatidan foydalanishlari kutilmoqda. Darhaqiqat bu, energiya sarfini kamaytirishning zamonaviy, samarali usullari xarajatlarning pasayishiga va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

Noyabr oyining oxirigacha Jizzax va Guliston shaharlarida bir qator yakuniy davra suhbatlari bo‘lib o‘tadi.

Поделиться