O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro viloyatida mehnat migratsiyasi sohasida anjuman boshlandi
2019-11-13 | Jamiyat
Hozirda Moskva viloyati va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Bu haqida Buxoro viloyatida O’zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar masalasiga bag’ishlab o’tkazilayotgan anjumanda Buxoro viloyati hokimi O’ktam Barnoev ta’kidlab o’tdi.
Anjumanda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rahbariyati, tegishli davlat organlarining mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Anjumanning asosiy maqsadi O’zbekiston fuqarolarining Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish masalalariga qaratilgan.
Eslatib o’tamiz, mazkur anjuman O’zbekiston va Rossiya Hukumatlari o’rtasida 2017 yil 5 aprelda tuzilgan “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda jo’natish va jalb qilish to’g’risida”gi Kelishuvni amalga oshirish doirasida 12-13 noyabr kunlari Buxoro viloyatida o’tkazilmoqda.