O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatilmoqda
2019-11-11 | Fan
Ayni damda noyob astronomik hodisa – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti tomonidan bu hodisaga bag‘ishlangan maxsus ilmiy-o‘quv seminar tashkil etildi. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati va Toshkentdagi Prezident maktabi iqtidorli o‘quvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Merkuriy tranziti kam kuzatiladigan astronomik hodisalardan bo‘lib, bir asrda 13-14 marta sodir bo‘ladi. Merkuriyning oxirgi tranziti 2016-yil may oyida kuzatilgan bo‘lib, navbatdagisi 2032-yilda sodir bo‘lishi kutilmoqda.
Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib, 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi.