O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Elchisi bilan uchrashuv
2019-11-11 | Siyosat
2019-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Er Mehmet Surayyani joriy yil 23-sentabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga tushuntirish olish uchun taklif qildi.
Elchi O‘zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o‘tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o‘rganilayotganini qayd etdi.
Elchi tergov obyektiv olib borilishi, O‘zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ma’lum qildi.