O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholini elektr energiyasiga aloqador murojaatlariga munosabat

2019-11-08 | Jamiyat

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida viloyatimizda barcha sohalarda muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimining Telegram, Facebook messenjeri sahifasiga hamda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ishonch raqamiga aholini elektr energiyasiga aloqador murojaatlari kelib tushmoqda.

Xo‘sh, kelib tushgan murojaatlarga Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJning munosabati qanday:

Bugungi sahifamiz "Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aktsiyadorlik jamiyatiga oid muammolarga bag‘ishlanadi.

Viloyat hokimining telegram messenjeriga Bo‘z tumani Abdulla Qahhor ko‘chasi 4-uyda yashovchi fuqaro Jalolova Muazzamxon xonadonining oldida yog‘och tayanch nosoz holatdaligi xaqida murojaat qilgan. Bo‘z tuman elektr ta’minoti korxonasi muhandis-texnik xodimlari tomonidan o‘rganib, Guzar MFY Abdulla Qahhor ko‘chasi 35/10 kVli PS Nasriddinbekdan chiquvchi 10 kV kuchlanishli “O‘rmon” elektr uzatish tarmog‘iga ulangan quvvati 160 kVA bo‘lgan 97-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanishi ma’lum bo‘ldi. Xonadon oldida joylashgan 0,4 kVli yog‘och tayanch haqiqatdan ham ma’naviy yaroqsiz holatdaligi aniqlandi va ushbu nosoz yog‘och tayanch o‘rniga yangi temir beton tayanch olib kelib o‘rnatildi va murojaat to‘liq bartaraf etildi.

Marhamat tumani Bo‘ri-boshi MFY Orol ko‘chasida yashovchi fuqaro Xamdamov Baxromjon mahallada sim yog‘ochlar nosozligi to‘g‘risida murojaat qilgan.

Murojaatda ko‘rsatib o‘tgan mahalla Fider Chagir TP 150 transformator punkti orqali to‘liq elektr energiya bilan ta’minlangan bo‘lib, ushbu mahallaga 20 dona yangi beton tayanchlar o‘rnatilib SIP kabellar tortildi. 

Viloyat hokimining Facebook messenjeriga Andijon shahridagi O‘zgarish va Madaniyat MFYlarida yashovchi fuqarolardan elektr ta’minotidagi nosozliklar bo‘yicha kelib tushgan murojaatga asosan ushbu hududdagi aholi xonadonlari elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida murojaatga asosan “Rassom” elektr uzatish tarmog‘idan chiquvchi TP-131ni yukini yengillashtirish uchun GKTP 250 kVA transformator punktini olib borib ishga tushurildi. 

Halqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.

Murojaat qiling, albatta munosabat bildiramiz

Поделиться