O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek nonushtasi Xalqaro kulinar chempionatida g‘olib bo‘ldi

2019-11-08 | Madaniyat

Maʼlumki 6-noyabr kunidan boshlab poytaxtimizdagi “Oʼzekspomarkaz” pavilyonida “Lazzatli Oʼzbekiston” xalqaro kulinar chempionati boʼlib oʼtmoqda. Chempionat davomida gʼoliblar ham aniqlanib kelinyapti. Shunga koʼra, goʼsht, baliq mahsulotlaridan taom tayyorlash, karving va etno-nonushta yoʼnalishi boʼyicha ilk musobaqalar gʼoliblari aniqlandi.

Milliy etno-nonushta sharti boʼyicha Jazoir, Mugʼuliston, Ruminiya, Qozogʼiston, Hindiston, Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼistondan kelgan mohir oshpazlar bellashdi. Mazkur shartda tayyorlangan 7 turdagi nonushta taʼmlar uygʼunligidan tashqari, taomlar xilma-xilligi, taqdim etishdagi kreativlik, tozalik kabi mezonlar asosida xorijiy hakamlar tomonidan baholandi. Har bir nonushtada turli taomlar, issiq choy, shirinliklar, quruq mevalar mavjud.

Jazoir nonushtasi xurmodan tayyorlangan turli shirinliklar va dukkakli donlardan tayyorlangan boʼtqa hamda qahva bilan oltin suvi yuritilgan milliy naqshdagi chinni idishlarda tortilgan boʼlsa, Ruminiyaliklar turli xil meva va murabbolar, quritilgan qoʼzichoq goʼshtidan tayyorlangan kolbasalar, loviya va baqlajondan tayyorlangan ikralar, mahalliy uch turdagi pishloq, va tariqdan tayyorlangan boʼtqa bilan milliy kashtalar tushirilgan qizil dasturxonni bezashdi. Hindistonlik oshpazlar tomonidan tayyorlangan issiq yupqa nonlar ichiga solingan sabzavot va goʼshtli quymoqlar oʼz toʼyimliligi bilan alohida eʼtirofga sazovor boʼlgan boʼlsa, Qozogʼiston terma jamoasi milliy idish tovoqlarda oʼz pishiriqlari-yu, shirinliklarini taqdim etdilar. Moʼgʼul nonushtasidagi oʼzbek holvaytariga oʼxshash qovurilgan undan tayyorlangan shirinlik, borligi sharq oshxonasining mushtarak jihatlarini koʼrsatdi.

Nonushta shakarli tvorog taʼmini eslatuvchi qurtlar va shu kabi faqat oq rangdagi mahsulotlar hamda shirinliklardan iborat boʼlganligi sababli agar hamma pishiriqlar tatib koʼrilsa, ishtahani boʼgʼib qoʼyishi mumkinligini, shuningdek moʼgʼul oshpazlari oʼz nonushtalarini bir martalik idishlarda taqdim etganliklarini inobatga olgan holda hakamlar tomonidan past baholandi. Qoraqalpogʼistonning hududiy nonushtasida qurut, jiyda, dudlangan baliq, quritilgan mevalar, bugʼdoy unidan tayyorlangan va sutga qoʼshib isteʼmol qilish mumkin boʼlgan “aqsallak” taqdim etildi.

Oʼzbek nonushtasida xoʼl va quruq mevalar, issiq qat-qat somsa, varaqi, qush tili, murabbolar, issiq non, qaymoq, novvot, goʼshtli oʼramalar milliy sopol idishlarda, atlas hoshiyali dasturxon ustiga qaynoq koʼk choq bilan tortildi. Milliy nonushtamizda sutli, goʼshtli mahsulotlar, hatto vegetarianlar uchun ham tanovul qilish uchun yeguliklar talay ekanligi hamda taomlarning issiq tortilganligini xorijlik hakamlar alohida eʼtirof eʼtirof etishdi. Musobaqa natijasiga koʼra Ruminiya va hind nonushtasi uchinchi, qozoq va Аljeriya nonushtasi ikkinchi, oʼzbek nonushtasi birinchi oʼrinni egalladi.

Поделиться