O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gepatit a va boshqa yuqumli kasalliklar bo‘yicha joylardagi epidemiologik vaziyat nazoratga olingan

2019-11-07 | Sog‘liqni saqlash

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Langar qishlog‘i hududidagi ikkita maktabda o‘ndan ortiq bola gepatit A kasalligiga chalingani, bunga qishloq hududlarda maktablar dezinfektsiya qilinmagani sabab bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasi va sanitariya-epidemiologiya sohasi mutaxassislari tomonidan mazkur vaziyat chuqur o‘rganib, quyidagilar ma’lum qilinadi.

Haqiqatan ham yaqinda Xatirchi tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga virusli gepatit A birlamchi tashxisi bilan 4 nafar o‘quvchi keltirilgan. Klinik-epidimiologik va spetsifik tekshirish natijasida o‘quvchilarning ikki nafarida virusli gepatit A tashxisi tasdiqlangan. Qolgan ikki nafar o‘quvchi sog‘lom bo‘lgani uchun uyiga ruxsat berilgan.

Shu bilan bir qatorda, Langar qo‘rg‘onida virusli gepatit A kasalligi bo‘yicha epidimiologik vaziyat nazoratga olingan. Bemorlar va ular bilan muloqotda bo‘lganlar tibbiy kuzatuvga olinib, aholi va maktab o‘quvchilari o‘rtasida virusli gepatit A kasalligi profilaktikasi bo‘yicha sanitariya va targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan. Shu bilan birga, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa tibbiy-ijtimoiy muassasalarda yuqumli kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha epidemiologik chora-tadbirlarni uzviy ravishda tashkil etish jarayoni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Tumanda virusli gepatit A kasalligini tarqalishini oldini olish maqsadida 2610 nafar 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ixtiyoriy ravishda kasallikga qarshi emlangan.

Boshqa yuqumli kasalliklar kabi gepatit A ning oldini olishda ham eng muhimi, avvalo, oilalarda sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, tozalik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanishdir. Shu bilan birga, bolalarni emlash bilan to‘liq qamrab olishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. Mamlakatimizdagi emlash punktlarida bunday vaktsinalar zahirasi yetarli. Ota-onalar o‘zlariga yaqin hududdagi emlash punktlariga murojaat qilib, farzandlarini emlatish orqali ularni yuqumli kasalliklardan himoyalash va har tomonlama sog‘lom bo‘lib voyaga yetishiga erishadi.

Поделиться