O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegasiyasi “Turkistan: One way – One history” xalqaro turistik forumida ishtirok etdi

2019-11-06 | Turizm

4-noyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston shahrida “Turkistan: One way – One history” xalqaro turistik forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aktota Raimkulova, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, diplomatik korpus hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

“O‘zbekistonda 2016-yildan turizm strategik sohalardan biri sifatida belgilab olindi, shu bois qo‘shni davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kunda Ipak yo‘li zonasini yaratish (Silk Visa rejimini joriy qilish)ga doir loyihani amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bugun biz aniq natijaga erishish yo‘lida hamkasblarimiz bilan ushbu masalani yana bir bor muhokama qilamiz”, - dedi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida.

Shu bilan birga, turistlar oqimi, investorlar uchun imtiyozlar hamda O‘zbekistonda turizm sohasida kuzatilayotgan o‘zgarishlarga oid ma'lumotlar taqdim etildi. “2018-yildan boshlab O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistik mahsulotlar diversifikatsiyasi hamda sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlarida turizmni tiklash borasida faol ishlar olib borilmoqda. Yirik reyting agentliklari O‘zbekistonni turizm sohasi eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sifatida e'tirof etmoqda, turizm rivoji dinamik ko‘rsatkichlari O‘zbekiston tarixida eng katta o‘sishni namoyish etmoqda”, - dedi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov.

Bundan tashqari, Qo‘mita raisi viza rejimining soddalashtirilgani, vizaning alohida turlari hamda ikki tomonlama munosabatlar rivoji haqida so‘zladi. Forum doirasida Ipak yo‘li kesimidagi mamlakatlarda turizmni rivojlantirish, turizm sohasini raqamlashtirish hamda marketing yo‘nalishidagi yangi imkoniyatlar va trendlar, shuningdek kelajak iqtisodiyotida hozirgi yoshlarning tutgan o‘rni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xalqaro forum ishida 300 dan ortiq kishi ishtirok etib, ularning orasida xorijiy mamlakatlar vazirliklari vakillari, turizm sohasining xalqaro darajadagi professionallari, davlat hukumat organlari, xalqaro biznes hamjamiyati, turistik tashkilotlar, uyushmalar va investision kompaniyalar vakillari bor. Ta'kidlash joizki, 4-5 noyabr kunlari forum doirasida “Silk Road Craftsman-2019” xalqaro hunarmandlar yarmarkasi o‘tkazildi.

4-noyabr kuni yarmarkaga Qozog‘istonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Bosh vaziri Askar Mamin, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Turkiston viloyati hokimi Umurzak Shukeyev hamda diplomatik korpus vakillari tashrif buyurishdi. Yarmarkada Ozarboyjon, Turkiya, Rossiya, Eron, Hindiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 200 dan ziyod hunarmand ishtirok etdi. Mazkur xalqaro yarmarka xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, hunarmandchilik maktablari an'analarini tiklash hamda asrash yo‘lida xizmat qiladi. Forumning ikkinchi kuni, ya'ni 5-noyabrda Turkiston viloyatining diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab informasion tur o‘tkazildi.

Поделиться